Institute of Fundamental and Applied Research
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz +998 71 237 09 61

19-dekabr kuni "TIQXMMI" huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga Shimoliy Kavkaz Federal universiteti olimlari tashrif buyurishdi.

Ushbu olimlar jamoasini hamkasblar, doktorant va magistrant shogirdlar bilan kutib oldindi. Dastlab, Shimoliy Kavkaz Federal universiteti "Oziq-ovqat muhandisligi va biotexnologiya" fakulteti dekani, Dr. Natalya Oboturova fakulteti, ilmiy tadqiqot uchun yaratilgan sharoitlar hamda o`z tadqiqotlari haqida taqdimot qildi. So`ngra, "Tibbiyot va biologiya" fakulteti o`qituvchisi, Dr. Andrey Nagdalian tadqiqot ishlari to`g`risida ma`lumot berdi. Tadqiqotchilar o'zlarining biotexnologik kompaniyalariga egaliklari jamoamda alohida qiziqish uyg`otdi. Mikrobiologiya va biotexnologiya sohalarida faol tadqiqot olib boryotgan mutaxassislardan o‘rganish har doim qiziq bo`lgan. Ularning tajribasi laboratoriyamizdagi akademik muhitga albatta ijobiy ta`sir qiladi deb o`ylaymiz. Endilikda Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti hamda Shimoliy Kavkaz Federal universiteti o`rtasida "Oziq-ovqat biotexnologiyasi" bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yish ishlari boshlandi.

Dek 20. 2023