Institute of Fundamental and Applied Research
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz +998 71 237 09 61
Jan 23. 2024

Navoiy viloyatiga xizmat safari

2024-yilning 19-20 yanvar kunlari O'zR FA akademigi B. J. Axmedov va O'zR FA Astronomiya instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori A. A. Abdujabborov, Navoiy viloyatida xizmat safarida bo'lib, Navoiy shahrining bir qancha muassasalariga tashrif buyirishdi.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida uchrashuvlar o'tkazilib, shu bilan birga, Navoiy shahar mahalla faollari bilan ham davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek "Birinchi va ikkinchi renessans davrida Markaziy Osiyolik olimlarning kashfiyotlari" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarorga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Butunjahon fanlar akademiyasi akademigi, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengash raisi Ahmedov Bobomurod Jo'rayevich hamda Abdujabborov Axmadjon Odiljonovichlar ishtirokida Fizika-texnologiya fakulteti talabalariga "Birinchi va ikkinchi renessans davrida Markaziy Osiyolik olimlarning kashfiyotlari" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

"Navoiy davlat pedagogika instituti"da O'zR FA Astronomiya instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori A. A. Abdujabborov Fizika-astronomiya ta'lim yo'nalishi talabalariga Astronomiya o'qitish metodikasi fanidan dars o'tish jarayonidan lavhalar.

"Navoiy davlat pedagogika instituti"da O'zR FA akademigi B. J. Axmedov Fizika-astronomiya ta'lim yo'nalishi talabalariga Astronomiya o'qitish metodikasi fanidan ma'ruza qildi.

O'zR FA akademigi B. J. Axmedov, Navoiy shahridagi Prezident maktabida o'quvchi-yoshlar bilan uchrashuv jarayoni.

Navoiy viloyatiga tashrif chog'ida, O'zR FA akademigi B. J. Axmedov ishtirokida, Navoiy shahrida joylashgan "Fanlar akademiyasi Navoiy bo'limi"dagi davra suhbatidan lavhalar.