Institutimizga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov tashrif buyurdi
2024 yil 25-aprel kuni institutimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov tashrif buyurdi. Tashrif davomida laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda institut olimlari va doktorantlari bilan suhbatlashdi.