Institute of Fundamental and Applied Research
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz +998 71 237 09 61

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
akademiklarining Nukusga tashrifi

2024 yilning 13-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari bilan “Akademik va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda akademiklar Qodir Gulyamov, Bobomurod Axmedov, Nagmet Ayimbetov, Axmed Reymov va universitetning fizika fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Safar davomida akademiklarni Chexiyaning Sileziya universiteti magistranti Yonas hamrohlik qildi. Yonas safar davomida O’zbek akademiklarining faoliyatiga bag’ishlangan qisqa metrajli video filmlar olishga harakat qildi va uni internet tarmoq’lariga joyladi.