Institute of Fundamental and Applied Research
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz +998 71 237 09 61

Akademik va yoshlar uchrashuvi

photo
photo photo

3-may kuni Qarshi davlat universitetida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirga Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Ahmedov Bobomurod Jo‘rayevich taklif qilindi.
Bobomurod Jo‘rayevich astrofizika sohasi bo‘yicha yetakchi olimlardan hisoblanadi. Ustoz ilmiy rahbarligida 20 nafar kishi fan nomzodlari, 11 nafar fan doktorlari ilmiy ishlarini himoya qilgan. Shuningdek, dunyoning nufuzli jurnallarida 200 dan ortiq maqolalari nashr etilgan. 2021-yil “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2023-yil O‘zRFAning haqiqiy a’zoligiga saylangan.
Samimiy muloqot juda qizg‘in, savol-javoblarga boy o‘tdi. Bobomurod Jo‘rayevich o‘zining ilmiy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida so‘zlab, talaba-yoshlarni ilm yo‘lidan borishga, astrofizika sohasining hali kashf etilmagan yangi qirralarini ochishga undadi. Yurtimizda sifatli olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.