Institute of Fundamental and Applied Research
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz +998 71 237 09 61

Nazariy fizika va astrofizika boʻyicha xalqaro konferensiya, ICTPA-2024

2024-yil 13-may kuni “TIQXMMI” MTU huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida ICTPA-2024 nazariy fizika va astrofizika boʻyicha xalqaro konferensiya ochilishi oʻtkazildi, Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad Nazariy fizika va astrofizikaga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy hamjamiyat va xalqaro institutlar bilan aloqa oʻrnatish va ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy natijalar bilan oʻrtoqlashishdir. Ushbu konferensiyada mamlakatimizning nazariy fizika sohasidagi yetakchilari akademik Yusuf Musakhanov, akademik Fatkhulla Abdullaev va akademik Bobomurod Ahmedov plenar ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.