Portugaliyaning Lissabon shahrida bo'lib o'tayotgan "Microbiome Summit"dan gapiramiz!

Sammitga ma`ruzachi sifatida taklif etilganlar orasida Milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI) huzuridagi Fundamental va amaliy
tadqiqotlar instituti tadqiqotchisi Dilfuza Egamberdiyeva ham bor. Dilfuza Egamberdiyeva "O‘simlik mikroblari barqaror qishloq
xo‘jaligi kelajagini qanday shakllantiradi?" nomli ma`ruza bilan ishtirok etdi.
"Sammit turli mamlakat ma'ruzachilarini birlashtirgan va birinchi navbatda yosh olimlardan iborat jonli auditoriyani qamrab olgan
ajoyib platforma bo'lmoqda. Mikrobiologiya va barqaror qishloq xo‘jaligi kelajagini faol shakllantirayotgan ishtirokchilarning
ishtiyoqi va qiziqishiga guvoh bo‘lish kishini ilhomlantiradi"-deydi Dilfuza Egamberdiyeva.
