Institute of Fundamental and Applied Research
39A Qori Niyoziy Street, Tashkent, Uzbekistan info@ifar.uz +998 71 237 09 61

Global iqlim o'zgarishiga moslashish uchun tayyorgarlik



YUNESCO va bir qator tashkilotlar hamkorligida GLOFCA loyihasi doirasida joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Pskom va Tepar qishloqlarida joylashgan 45 va 50-maktablarda o'quv seminarlari tashkil etildi. Ushbu seminarda H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika Instituti Glyatsial geologiya markazi xodimlari hamda TIQXMMI” Milliy Tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti "Iqlim oʼzgarishlarining qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishiga taʼsirini baholash laboratoriyasi mudiri Juliyev Muxiddin Komilovich ham ishtirok etishdi.



Seminar asosiy mavzusi Global iqlim o'zgarishiga moslashish bo’lib, o'quvchilar meteorologik ko'rsatkichlar bilan yaqindan tanishishdi. Har ikkala maktab hududiga ham avtomatik meteorologiya stantsiyalari o'rnatib berildi. Bundan tashqari maktab o'quvchilariga geografiya fanidan o'quv qo'llanmalar ham topshirildi.