‘‘Markaziy Osiyo uchun tabiiy ofatlar xavfini baholash va ularni boshqarish boʻyicha masofaviy oʻqitish moduli bilan tanishishʼʼ masalalari bo’yicha H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida 30-oktyabr kuni uchrashuv tashkil etildi.Ushbu uchrashuvga GLOFCA loyihasi menejeri Allen Simon va YUNESKO ning Olmaotadagi vakolatxonasi vakili Altyntomaris Baltabayeva tashrif buyurishdi.
Delegatsiya aʼzolari sifatida Glyatsial geologiya markazi xodimlari va “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti "Iqlim oʼzgarishlarining qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishiga taʼsirini baholash laboratoriyasi mudiri Juliyev Muxiddin Komilovich ham ishtirok etdi.