Yutuqlar tahlili va istiqbolli rejalar
30 - noyabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetimizning Madaniyat saroyida rektor boshchiligida kengaytirilgan ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi. Unda universitetimizning Milliy va Xalqaro reyting natijalari tahlili hamda xalqaro ta'lim xizmatlari bozorida raqobat mavqeini mustahkamlash borasida istiqboldagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida rektor, texnika fanlari doktori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovichning chuqur tahlilga asoslangan ilmiy ma'ruzasi tinglandi.
Universitetdagi fakultetlar va kafedralarning bu yilgi natijalari va qilingan ishlar bo‘yicha mufassal hisobot haqida ma'lumot berib o‘tdi. Shuningdek, dunyo universitetlari, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida universiteimizning e'tiborga molik o‘rinlarda borayotgani, Milliy reytingda 1-chi o‘rinni qo‘ldan boy bermay kelayotgani va buning ta'limiy va nazariy asoslari haqida rektor o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Yig‘ilish ko‘tarinki ruhda davom etdi. Ta'lim muassasamizning 4 yulduzli universitet maqomini olinishida pedagogik jamoaning roli katta ekanligini aytib minnatdorchilik bildirdi. Keyingi rejalar va vazifalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishning ikkinchi qismida o‘zlarining ilmiy-pedagogik salohiyati va fidoyi xizmatlarini universitetimiz ravnaqiga baxshida etib kelayotgan bir guruh xodimlar turli sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Jamoa a'lo kayfiyat bilan xushnud holda tarqalishdi.